CrawlCatcher
Siz saytda:
Baxt formulasi
     
Bloglar

    
 

Oila- jamiyatning kichik bo’lagi.Yutuqlarimizning boshlanishi va bardavomligi oilada shakllanadi.Hayotning past-balandi va  sinovlarida oila eng ishonchli tayanchimizdir.Oilaga qancha tavsif keltirsak, oz. Ayniqsa, biz barpo etgan oila mustahkam qorg’oncha aylansa, bundan ortiq bo’lmaydi.

    Sevimli kelinjon, sizga bugun oila mustahkamligining sirlarini tavsiya  etamiz. Juftingiz bilan barpo etgan oilangiz yillar o’tib, chinor kabi bokiy umr kechirganida bu sirlar sizga qanchalik asqotganiga o’zingiz amin bo’lasiz

    1. Sevimli kelinjon, oppoq nikoh libosingiz kabi beg’ubor   orzu-niyatlar  bilan ushbu xonadonga tashrif  buyurganingiz  yodingizdami? O’shanda biroz hadik bo’lsa-da, qalbingizda baxtli bo’lishga ishonch bor edi. Notanish oiladagi muhit, siz kutmagan ko’ngilsizliklar bu ishonchingizga biroz soya tashlab, dilingizni xira qilishi shubhasiz.Bu dilxiralik ba’zan insonda afsuslanish, ikkilanish, pushaymonlik, qatiyatsizlikni uygotadi. Biroq siz bunday o’qsinmang, hali hammasi oldinda.Bu sinoclarni baxtingizni mustahkamlash uchun berilgan imkoniyat deb biling. Oila mustahkamligi degan junkaning zamirida ham ishonch tuyg’usining ustunligi nazarda tutiladi. Qalbingizda ishonch bor ekan, siz albatta, orzungizga etasiz? Bugungi qop-qora sochlaringizga yillar o’z qirovini tashlaydi, olmadek tarang yuzlaringiz  ajinlarni  oziga chorlaydi.Har bir o’tayotgan lahzamiz umrimiz soniyalarini o’tmishga muhrlaydi.
 
 

    Sevimli kelinjon, hayotingizda qanday kunlar bo’lishidan, yillar chiroyingizga oz ta’sirini o’tkazishidan qat’y nazar, qalbingizni oq libos kiygan  kuningizdagidek go’zal saklab qo,ling.Baxtga bo’lgan ishonchingizni also yoqotmang! BU ishonch sizga barcha qiyinchiliklarni mardanovor engib baxtga erishishingizga yordam beradi.  

 

    2. ishonchdan zirh kiydingiz, qalbingizni bu o’t tug’ida tobladingiz.Biroq  birgina sizning ishonchingiz baxtingizni  but qilmasligini bilasiz. Ko’ngil berib, oila kurgan  juftingiz ham siz kabi bu  ishonchni  qalbida bayroq qilishiga biroz shubhangiz bormi ? Aldov, xiyonat, bo’lgan muhabbatini sarob etibshidan cho’chiyapsizmi?

       Sevimli kelinjon, bu shubhalar baxt atalmish oshingizni og’ulashini, xotirjam turmushingizni qutqularga  limmo-lim  qilishini bilasizmi? Erkaklarning  xiyonat qilishiga 75 foiz ayollarning o’zi sababchi bo’lisharkan.Qanday qilib deysizmi?Erkaklar ayoli  tomonidan aytilgan  bir gapni e’tiborsiz qoldirishi, ikkinchisini o’ylab ko’rishi  ko’rishi, uchinchisiga esa  diqqat qilishi aniqlangan. Rashk tufayli erini boshqalaridan qizgangan va uni xiyonat qilayotganidan shubhalangan ayol erkakning o’zga ayollarga qiziqishini paydo qilganini o’zi ham bilmasa kerak.ha , ayolning shubhalari erkakning xiyonatiga sababchi bo’lishi mumkin.Shunday ekan , siz bunday xatoga yol qoymang.Arzimagan shubhalarni deb  juftingizning sizdan ko’ngli sovishiga imkon bermang!

                                                                                                                                   

                 

                                                       

                                                                                                                   Xordik gazetasidan olingan

Xohish 

Sevgi va Do’stlik

 

 

 

 

 

                                                             

 


Teglar: kelin, oila, pushaymonlik, sevimli 04/01 2012, 21:34
Ko'rganlar soni: 744
 | 
 | 
     
 | 
Ovozlar: 2
 | 
Sharhlar:


Для добавления комментария, вам необходимо войти или зарегистрироваться
Request Time: 1.535s.